Jahon | 20:52 / 10.10.2017
12386
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi tashlandiq konda 5 yulduzli antiqa mehmonxona ochiladi

Foto: 24.kg

Xitoyning Tszyansu viloyatidagi She tog‘i etagida, chuqurligi 80 metr va diametri bir kilometr keladigan tashlandiq konlardan birida 2018 yil may oyida 5 yulduzli mehmonxona ochilishi rejalashtirilmoqda.  

Mehmonxonaning balandligi 74 metrni tashkil qiladi. Uning anjumanlar zali, foyesi va ko‘ngilochar markaz joylashadigan 3 qavati yer sirtidan yuqorida bo‘ladi.

Kon tubida sun'iy ko‘l yaratilgan bo‘lib, unda nasoslar yordamida 5 metrlik chuqurlikdagi suv sathi ta'minlanib turiladi. Ko‘l ustida kon yonbag‘rida mehmonxonaning yana 14 ta qavati quriladi. Har bir xona o‘zining tomosha maydonchasiga ega bo‘ladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid