O‘zbekiston | 13:40 / 10.10.2017
9572
2 daqiqa o‘qiladi

Mamlakatni rivojlantirish yangi konsepsiya bo‘yicha baholanadi

2017 yil 8 avgustdagi PQ–3182-son Prezident Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 sentabrdagi 746-son Qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangi konsepsiyasi va konsepsiya sxemasi;

joylarda aniqlangan muammo va kamchiliklarni har tomonlama tahlil qilish hamda hal etishning namunaviy “yo‘l xaritasi” maketi. “Yo‘l xaritasi” aniq hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ushbu hududda aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar oldini olishga qaratilgan bo‘ladi hamda har yilga mo‘ljallab tuziladi va har chorakda yangilab boriladi;

uyma-uy yurishni hisobga olish daftari maketi. Ushbu kitobda, shu jumladan, yurish o‘tkazilgan uy xo‘jaligi egasi tomonidan ko‘tarilgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar va ularni bajarish muddati, uy xo‘jaligi egasi tomonidan muammolar bartaraf etilganligi tasdig‘i kabi ustunlar mavjud.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid