Loyihaning umumiy qiymati 70 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Majmua hududida qöşimça ravişda 150 milliard sömlik zamonaviy 3 yulduzli mehmonxona qurilişi ham olib borilmoqda.

Quriliş işlari joriy yilning yanvar oyi örtalarida boşlangan bölib, ayni paytda loyiha ikkinçi bosqiçga ötgan. Rejaga köra, asosiy quriliş işlari 15 iyulga qadar yakunlanişi, majmua esa 2026 yil avgust oyining örtalarida töliq foydalanişga topşirilişi közda tutilgan.

Qayd etilişiça, Congress Hall yirik xalqaro forumlar, konferensiyalar va madaniy tadbirlarni ötkaziş uçun zamonaviy infratuzilmaga ega böladi. Bu esa Xivaning nafaqat turizm markazi, balki xalqaro muloqot va biznes uçraşuvlari ötkaziladigan nufuzli maydonga aylanişiga xizmat qiladi.

Şuningdek, majmua yonida Xivaning milliy me’moriy an’analarini aks ettiruvçi «Boqiy şahar» konsepsiyasi asosida yangi hudud şakllantiriladi. Loyiha amalga oşirilişi natijasida yangi iş örinlari yaratilişi, xizmat körsatiş sohasi rivojlanişi hamda şaharning investitsiyaviy jozibadorligi yanada oşişi kutilmoqda.