Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Majlisda MDHga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishi, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan fikr almashishi, 2018 yilda Hamdo‘stlikka raislik qiladigan davlat masalasini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.
Sammit yakunida MDHga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an'anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonoti, 2019 yilni Kitob yili, 2020 yilni 1941-1945 yillardagi ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi yili, deb e'lon qilish haqida qaror, shuningdek, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Prezidentimiz Sochi shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar ham o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
17:47 / 01.11.2025
O‘zbekistonlik qahramon: Sochidagi yong‘inda haydovchi yigit ona-bolaning hayotini qutqarib qoldi
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025