Soçi şahrining Alpiyskaya köçasida joylaşgan beş qavatli uyning mansarda qismida 31 oktabr kuni yonğin çiqdi.
Yonğin vaqtida yoş bolasi bilan xonada qolib ketgan ayol derazadan çiqib yordam söragan. Şu vaqtda özbekistonlik haydovçi Şerzod Namozov maşinasida hodisa joyiga mijozini olib kelib tuşiradi. Ayolning baqirayotganini eşitgan Şerzod darhol yordam şoşiladi. Bu vaqtda ayol bolasi bilan konditsionerning taşqi bloki ustida jon saqlagan. Şerzod pastki qavatdagi xonadon oynasidan çiqib, dastlab bolani qutqaradi. Söngra narvon qöyib, ayolni ham qutqarib oladi.
Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, Şerzod Namozov Surxondaryo viloyati Termiz tumani Uçqizil mahallasidan. U rözğor tebrataman deb Rossiyada taksi haydamoqda.
“Yordamga muhtoj insonni körgan odam unga yordam berişga şoşilişi tabiiy. Men faqat insoniylik burçimni bajardim”, — dedi Şerzod Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bildirişiça, yonğin taxminan 600 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Hodisa oqibatida jami uç kişi qutqarilgan, bir neça kişi jarohatlanib, şifoxonaga yotqizilgan.











