Jahon | 14:35 / 11.10.2017
26158
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi YTHga uchradi, mashina tiklab bo‘lmas holatga kelgan

Foto: vk.com/spb_today

Peterburgda Volkswagen Polo haydovchisi Smolnaya sohilbo‘yidagi reklama ustuniga borib urildi. Bu haqda "VK"dagi "DTP va ChP Peterburg" guruhida guvohlar xabar berishdi. Tiklab bo‘lmas holatga kelgan mashinaning haydovchisi voqea joyidan yashiringan. Biroq, o‘tkinchilar salonda O‘zbekiston fuqarosi nomiga rasmiylashtirilgan hujjatlarni topishdi.

"U taksi haydovchisi. Turmush o‘rtog‘im bilan meni bir marta manzilga olib borgandi. O‘shanda u shunchaki harakatlanmadi, balki uchib ketgandi. Shuning uchun bu bizning so‘nggi safarimiz bo‘lib tuyulgan", - deya yozgan Kristina ismli foydalanuvchi. 

"Shunday YTHdan so‘ng u qochib ketganiga ishonmayman. Suratlarga ko‘ra, aftidan, uni qutqaruvchilar yo‘lovchi eshigidan chiqarib olishgan", - deya ta'kidlaydi Tigran.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid