Talabalarni harbiy kafedralarga qabul qilish tartibi belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktabrdagi №809-qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalaridagi harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari haqidagi Nizom tasdiqlandi, deb yozadi Norma.uz.
O‘quv bo‘linmalari — oliy o‘quv yurtlarining zaxira va rezerv zobitlari tayyorlanadigan sikllari va kurslari, harbiy kafedralari, harbiy o‘quv fakultetlaridir. Harbiy tayyorgarlikni kunduzgi bo‘limda o‘qiydigan yigit talabalar, shuningdek, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining jinsidan qat'i nazar barcha talabalari (o‘qiyotgan ayollar jami talabalar sonining 10 foizidan oshmasligi kerak) o‘tashadi.
Harbiy tayyorgarlikni rektorning shu xususdagi bo‘yrug‘i e'lon qilingan kuni 27 yoshdan kichik bo‘lgan, salomatligi nuqtai nazaridan sog‘lom, tanlovdan o‘tgan talabalar o‘tashadi.
Harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalariga talabalarni tanlov asosida tanlab olishning asosiy mezonlari quyidagicha:
1. Tibbiy tekshiruvdan o‘tish. Harbiy o‘quv fakulteti (harbiy kafedra) boshlig‘ining talabnomasiga ko‘ra, OO‘Yuning joylashgan hududidagi mudofaa ishlari boshqarmasi (bo‘limi) tibbiyot komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
2. Individual-psixologik o‘rganish. Talabalarning mudofaa vazirligi psixolog-mutaxassislari tomonidan psixologik testdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi va uning natijasiga ko‘ra quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
«harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmasida o‘qitish uchun tavsiya etiladi»;
«harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmasida o‘qitish uchun tavsiya etilmaydi»;
3. OO‘Yuda o‘qish mobaynida olingan bilimlarni baholash natijalari. Harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmasida o‘qitishdan avval o‘qish mobaynida olingan ballarni qo‘shish natijasida yig‘iladi;
4. Umumjismoniy tayyorgarlikni baholash. Mudofaa vazirligi mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligi o‘rnatilgan talablarga ko‘ra baholanadi. Jismoniy tayyorgarlik talablariga javob bera olmagan talabalar tanlovning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi;
5. Boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik dasturi bo‘yicha bilim darajasini baholash. Test yo‘li bilan o‘tkaziladi.
O‘qishga qabul qilingan talabalar o‘quv guruhlariga bo‘linadi. Talabalarning harbiy tayyorgarligiga 528 soat ajratiladi, jumladan:
450 soat — auditoriyadagi mashg‘ulotlarga. O‘rnatilgan tartibga ko‘ra harbiy kun usulida o‘tkaziladi (mashg‘ulot o‘tkaziladigan kunda talabalar faqat harbiy tayyorgarlik bilan shug‘ullanishadi). O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun kuniga 6–8 soat ajratiladi;
78 soat — o‘quv yig‘inlariga. Yig‘in mobaynida o‘qotar quroldan o‘quv otishmasi bajariladi, sportning harbiy-amaliy turlari bo‘yicha sport tadbirlari o‘tkaziladi, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladi va talabalar harbiy qasamyod qabul qilishadi. O‘quv yig‘inlarining davomiyligi — 15 kalendar kundan iborat.
Hujjat qonunchilik milliy ma'lumotlar bazasida rasman e'lon qilingan va 2017 yil 10 oktabrdan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
21:10 / 09.01.2021
Yangi tartib bo‘yicha talabalar qancha miqdorda stipendiya oladi?
10:59 / 22.12.2020
Bosh vazir ruxsati bilan yana gidroksixloroxin olinmoqda. Talabalar bu shubhali dorini qabul qilishga majburmi?
17:46 / 21.12.2020
Jizzax pedinstitutning tarix fakulteti shahardan tashqariga ko‘chirildi: bundan talabalar biroz norozi
16:32 / 18.12.2020