Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligining gidroksixloroxin asosli «Oksivin» preparatini xarid qilayotgani, bu preparat işlab çiqaruvçisi Hindiston kompaniyasi ekanligi, şuningdek, yetkazib beruvçi sifatida yagona «Dori-darmon» aksionerlik kompaniyasi tanlangani hamda bu vositalar OTMlarga majburiy «ötkazilayotgani» katta bahs-munozaralarga sabab böldi.

Respublika maxsus komissiyasining boş vazir Abdulla Aripov tomonidan imzolangan 46-sonli yiğiliş bayoniga köra, «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasi 1 mln dona gidroksixloroxin preparatini (bu örinda «Oksivin», işlab çiqaruvçi Hindiston kompaniyasi) Özbekistonga olib kirayotgani ma'lum qilingan. Soğliqni saqlaş vazirligiga «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasiga Tez tibbiy yordamni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan oldindan pul ötkaziş yöli bilan töğridan töğri şartnoma tuziş orqali şu va boşqa dori vositalarini xarid qiliş vazifasi topşirilgan. Mazkur qarorni qabul qilişda soğliqni saqlaş tizimining yetakçi mutasaddilari - E.Bositxanova, N.Parpiyev, I.Liverko, L.Töyçiyev va H.Oqilov kabilarning fikrlari inobatga olingan.

Şu turdagi dorilar keyinçalik Soğliqni saqlaş vaziri Abduhakim Hojiboyev hamda oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov tomonidan imzolangan qöşma qarorga köra talabalar va OTM xodimlari uçun sotib olinadigan böldi. Bu xarajatlarni OTMlar budjetdan taşqari mablağlari hisobidan qoplaşlari lozimligi körsatilgan.

Gidroksixloroxin asosli «Plakvenil» dori vositasi böyiça bahslarga köp töxtaldik. Bu borada vazirlik mutasaddilarining fikri boşqaça, bevosita bemorlar bilan işlovçi aksariyat şifokorlarning qaraşlari boşqaça bölib çiqdi.

Umuman olganda, pandemiya davrida Özbekistonda koronavirusga qarşi önlab dori vositalari qöllab körildi va ular orasidan ma'lum bosqiçda ikki preparat – avval gidroksixloroxin, keyinçalik remdesivir nisbatan istiqbolli deb topildi.

Vaziyat taqozosiga köra biri bezgakka, ikkinçisi Ebola virusiga qarşi qöllab kelingan bu dori vositalari koronavirusga qarşi kuraşda ham qöllandi.