Tashkent city’dagi Congress Hall majmuasida “Toşkent yoşlar forumi — 2020” doirasida ötkazilgan “Ijtimoiy soha – 2030: ta'lim va soğliqni saqlaş tizimi istiqbollari” mavzusidagi tadbirda oliy va örta ta'lim vaziri Inomjon Majidov iştirok etib, talabalarni yotoqxona bilan ta'minlaş masalasi haqida gapirdi.

“Yotoqxonaga ehtiyoji borlarning yarmini, ya'ni 50 foizini turar joy bilan ta'minlay olamiz, qolgan qismiga imkoniyatimiz yöq. Bu, albatta, OTMning moddiy-texnik bazasi, ya'ni moliyaviy imkoniyatlariga boğliq. Respublika oliy ta'lim muassasalari mustaqil rivojlaniş yölida, bu mustaqillik ham akademik, ham moliyaviy yönalişdadir. 

Bugungi kunda OTM talabalarining 25 foizi budjetda, 75 foizi tölov-şartnoma asosida ta'lim olmoqda, ya'ni OTMning moddiy-texnik bazasini yaratiş ham şunga boğliq böladi. OTMning moliyaviy ahvolini yaxşilaş böyiça qator rejalar belgilangan. Ya'ni, moliyaviy mexanizmlar: davlat subsidiyalari, xususiylaştiriş va boşqa mexanizmlarni jalb etiş masalalari turibdi. Bunda yotoqxonalarni köpaytiriş masalasi ham bor”, — dedi Majidov. 

Uning qöşimça qilişiça, bugungi kunda talabalar uçun laboratoriya bazasi masalasi ham turibdi. Barça OTMda ham laboratoriyalar yöq, borlari esa qoniqarli darajada emas. Barça masalani hal qiliş uçun ma'lum muddat kerakligi bildirildi.