Yoşlar avvalo, aynan tarix fakultetining markazdan uzoqqa jönatilgani, Söloqlida sifatli ta'lim oliş uçun şaroit yöqligi, isitiş tizimi, oşxona, kutubxona va yotoqxona bilan boğliq muammolar borligini bildirişgan.

Kun.uz holatni örganiş maqsadida hozirgi kunda Şarof Raşidov tumani Söloqli mahallasida faoliyat boşlagan JDPIning tarix fakultetida böldi.

Fakultet institutning boş binosidan 10 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Sobiq kollej binosi şundoqqina katta köça yoqasida joylaşgan ekan. Xonalarda ta'mirlaş işlari olib borilayotganiga guvoh böldik.

Tarix fakultetining dekan örinbosari Farrux Akçayev mazkur bino 720 öringa möljallangani va ayni vaqtda fakultet talabalari 600 nafarni taşkil etişini ma'lum qildi. F.Akçayevning aytişiça, talabalar kunning birinçi yarmida tahsil olişi, kunning ikkinçi yarmida turli tögaraklarga jalb qilinişi, öz ustida işlaşi mumkin böladi. Hozirça bino ta'mirlanayotgani uçun kutubxona, sport zal, oşxona işlamay turibdi. Isitiş tizimidagi muammolar ham bartaraf etilganini aytdi.

Farrux Akçayev, Jizzax DPI tarix fakulteti dekan örinbosari

Dekan örinbosari hamrohligida dars jarayonini kuzatdik. Talabalar ham, öqituvçi ham qişki kiyimda, boş kiyimlar yeçilmagan. Çunki auditoriya haqiqatan ham yengil kiyimda ötirib dars qiliş darajasida issiq emas.

Saulbek Kistavbayev, falsafa fanlari doktori

Falsafa fanidan falsafa doktori Savulbek Kistavbayev ham qişki kiyimlarini yeçmagan holda dars ötayotgan ekan. Domla uşbu binoda hozirça kamçiliklar bölişini tabiiy baholadi. Ta'mirlaş tugagaç, bu kamçiliklar bartaraf etilişiga umid bildirdi.