Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018. Yevropada barcha pley-off ishtirokchilari aniq bo‘ldi
JCh-2018 saralash bosqichining so‘nggi tur o‘yinlaridan so‘ng noyabrda bo‘lib o‘tadigan pley-off bosqichiga yo‘llanma olgan barcha jamoalar nomi aniq bo‘ldi.
O‘tish o‘yinlarida 9 guruhning eng yaxshi natija ko‘rsatgan 8 jamoasi ishtirok etadigan bo‘ldi. Bular Shvetsiya, Shveytsariya, Shimoliy Irlandiya, Daniya, Irlandiya, Italiya, Gretsiya va Xorvatiya. Eng yomon ikkinchi o‘rin Slovakiya terma jamoasi (18 ochko) bo‘ldi va ular JCh-2018 uchun kurashni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Pley-off uchun qur'a tashlash marosimi 17 oktabr kuni Tsyurixda bo‘lib o‘tadi. Jamoalar qur'a kuniga e'lon qilinadigan FIFA reytingiga qarab savatchalarga bo‘lib chiqiladi. Birinchi uchrashuvlar 9-11 noyabr kuni bo‘lib o‘tsa, javob uchrashuvlari 12-14 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026