Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda xudkush-terrorchi o‘zini o‘zi portlatdi
Foto: iraqinews.com/Nehal Mostafa
Iroqning Anbar viloyati sharqiy qismida sodir bo‘lgan portlash oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, 15 inson tan jarohati oldi. Bu haqda Iraqi News yangiliklar portali mamlakat IIVga asosan xabar tarqatdi.
«Al-Dovor mintaqasi, Xit shahridagi kafelardan birida xudkush-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan hujum natijasida 7 kishi halok bo‘ldi va 15 inson tan jarohati oldi», - degan Ichki ishlar vazirligi vakili Saad Maan.
Assoshieyted Press agentligi ham 15 inson jabrlangani, biroq qurbonlar soni ko‘proq ekanini (11 nafar) xabar bermoqda.
Iroqda mamlakatning bir qismini egallab olgan IShID terrorchilik guruhi faoliyati tufayli vaziyat hamon keskin bo‘lib turibdi. Jangarilar hujum va teraktlarni amalga oshirmoqdalar, buning oqibatida ko‘pincha tinch fuqarolar qurbon bo‘lishmoqda.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026