Jahon | 15:55 / 12.10.2017
11272
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Eronga keladi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eronga tashrif buyurib, uch tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etadi. Bu haqda RIA «Novosti» agentligi RF prezidenti Yuriy Ushakovga asoslangan holda xabar tarqatdi.

«Safar rejalashtirilgan. Uch tomonlama uchrashuvlar o‘tkaziladi — Rossiya, Eron, Ozarboyjon prezidentlari ishtirokida», — degan Ushakov.

U ushbu tashrif shu yilning oxiriga qadar amalga oshirilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid