Tojikiston O‘zbekistonga taklif bilan chiqdi
Tojikiston O‘zbekistonga yagona qo‘shma brend ostida yangi bozorlarga chiqishni taklif qilmoqda, deya xabar berdi mahalliy OAV.
Tojikiston Savdo-sanoat palatasi raisi Sharif Saidning aytishicha, bu ikki mamlakat savdo-iqtisodiy hamkorlikda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda ko‘rsatkichlarning o‘sish dinamikasiga qaramasdan, mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama savdo hajmi qoniqarli emas.
«Maqsadimizga erishish uchun biz elektron tijorat, lizing, qo‘shma innovatsion ishlab chiqarishlarni yaratish kabi zamonaviy usullardan foydalanishimiz, va shu orqali «Tojikiston-O‘zbekiston» qo‘shma brendi ostida boshqa mamlakatlar bozorlariga kirishimiz mumkin. Biz mavjud bo‘lgan erkin iqtisodiy zonalarning afzalliklari va imtiyozlaridan ham foydalana olamiz» - deya ta'kidlab o‘tdi Tojikiston Savdo-sanoat palatasi raisi Toshkentdagi biznes-forumda.
Uning bildirishicha, o‘zbek tadbirkorlari bu imkoniyatlardan foydalanib, Tojikistondagi ulushlari va investitsiyaviy faolliklarini sezilarli darajada oshirishlari mumkin.
O‘zbekistonda bugungi kunda Tojikiston kapitali ishtirokida 24 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan biri – 100 foizlik xorijiy investitsiyalarga ega. O‘z navbatida Tojikiston hududida O‘zbekiston rezidentlari ishtirokida 9 korxona tashkil etilgan. Joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekiston-Tojikiston savdo hajmi 178,2 million dollarga teng bo‘ldi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024