Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘z ixtiyori bilan qurol qayerga topshiriladi?
Ichki ishlar vazirining buyrug‘i (2017 yil 28 sentabr) bilan Muomalada bo‘lgan ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini, portlovchi modda va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlari ixtiyoriga topshirish qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan muomalada bo‘lgan ro‘yxatga olinmagan (ya'ni noqonuniy muomalada bo‘lgan) o‘qotar qurolni, uning o‘q-dorilarini, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish tartibini belgilaydi.
Jinoyat kodeksining 248-moddasiga muvofiq o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini (keyingi o‘rinlarda - qurol) o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod qilinadi.
Shaxsning o‘zi qurolni topshirish haqida ichki ishlar organlariga murojaat qilsa, u qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirgan hisoblanadi. Agar shaxs tintuv jarayonida yoki unda qurol borligi haqida dalillar keltirilishi natijasida uni topshirish to‘g‘risidagi qarorga kelsa, u qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirgan hisoblanmaydi. Demak, bunday shaxs javobgarlikka tortiladi.
Qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirishga istak bildirgan shaxs qurol saqlanayotgan joy bo‘yicha hududiy ichki ishlar organiga yoki profilaktika inspektoriga og‘zaki yoki yozma ariza (Qoidalarda keltirilgan shakl bo‘yicha) bilan murojaat qiladi.
Hujjatda qurolning ichki ishlar organlari tomonidan qabul qilib olinishi tartibi batafsil bayon etilgan.
O‘z ixtiyori bilan qurol topshirilgan har bir holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 329-330-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekshiruv o‘tkaziladi.
Hujjat 2017 yil 30 dekabrdan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.02.2026
Xorijlik fuqaro dalada otgan qurol olib qo‘yildi
12:05 / 11.02.2026
AQSh Yevropadan Ukraina uchun yangi qurol xaridlarini kutmoqda
07:50 / 07.01.2026
Infografika: sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi qurolga ega davlatlar
18:10 / 15.12.2025