O‘zbekiston | 22:32 / 13.10.2017
19633
3 daqiqa o‘qiladi

14 oktabrda O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan havo kuzatiladi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14 oktabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 19-24 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metr tezlikda esishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 19-24 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz o‘zgarib turadi. yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr tezlik esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid