Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Duterte YeI delegatsiya a'zolarini haqorat qildi
Foto: EPA
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte YeI vakillarini haqorat qilib, ularni bir kunda mamlakatdan chiqarib yuborishi bilan tahdid qildi. Bu haqda BBC xabar qilmoqda.
Uning bayonot berishicha, YeI Filippin ichki ishlariga xalaqit bermoqda. Dutertega ko‘ra, «Yevropa Filippinni BMT tarkibidan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda».
Ta'kidlanishicha, g‘arb siyosatchilaridan iborat delegatsiya Dutertening giyohvandlik savdosiga qarshi kurashini tanqid qilgach, prezident ularni haqoratlagan.
«Biz BMTdan chiqarilamiz? Sen, ... bolasi, olg‘a. Siz bizning ishimizga aralashmoqdasiz, chunki biz qashshoqmiz», — degan u.
Shundan so‘ng u delegatsiya a'zolariga murojaat qilib, «siz mening mamlakatimni 24 soatda tark etasiz, hammangiz», deya ta'kidlagan.
Xabarda yozilishicha, uning nutqining qolgan qismi ham so‘kinish so‘zlaridan iborat bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:40 / 18.02.2026
YeIda Shein riteyleriga nisbatan tergov boshlandi
08:32 / 12.02.2026
YeI mudofaa vazirlari: Kiyevga yordam uchun 90 mlrd yevro yetarli bo‘lmaydi
15:06 / 11.02.2026
Yevroparlament boshpana berish bo‘yicha yanada qat’iy qoidalarni ma’qulladi
14:36 / 11.02.2026