Fransiya Suriya va Iroqni darhol tark etmasligini ma'lum qildi
Fransiya Suriya va Iroqni IShID ustidan g‘alaba qozonilgandan keyin darhol tark etmaydi, chunki bu mintaqa kelajakda ham terrorchilik xavfi solishi mumkin, deb aytdi Fransiya mudofaa vaziri Florans Parli.
Uning aytishicha, IShID ustidan g‘alabadan keyin Suriya va Iroqda yangi terrorchilik harakatlari vujudga kelishi xavfi mavjud.
Vazirning aytishicha, Fransiyaning 2013 yilgi strategik mudofaa hujjatida terrorchilik muammosi eslanmagan. Biroq 2017 yilgi "Mudofaa va milliy xavfsizlik strategiyasi"da terrorchilik markaziy o‘rinni egallagan. "Bu xavfsizlik sohasidagi ishlarning asl holatidir va biz bugungi kunda bu bilan yashamoqdamiz. Albatta, IShID Suriya va Iroqda hali kuchaymaganda biz buni tushunmagandik", deb so‘zlarini intiholagan Parli.
Mavzuga oid
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
17:50 / 06.11.2024