Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik sayyohlar orasida eng mashhur yo‘nalish - O‘zbekiston
Foto:kun.uz
"Tutu.ru" sayohatlar servisi Rossiyada Xalqlar birdamligi kuniga (4 noyabr) rasmiylashtirilgan barcha aviachiptalarni tahlil qildi va eng mashhur yo‘nalishlar reytingini tuzdi.
Joriy yilda yo‘lovchilarning xorijiy yo‘nalishlar bo‘yicha tanlovi O‘zbekiston, Isroil, Germaniya, Moldova va Armanistonga tushmoqda. Ta'kidlash joizki, bu yil O‘zbekiston va Armanistonga bo‘lgan qiziqish oshgan: Tutu.ru'da bu ikki yo‘nalish bo‘yicha rasmiylashtirilgan chiptalar ulushi o‘tgan yilga nisbatan kamida uch barobarga oshgan. Moldovaga rasmiylashtirilgan chiptalar ulushi deyarli ikki barobarga oshdi.
O‘tgan yili noyabr oyidagi bayramlar uchun eng mashhur mamlakatlar beshligi boshqacha ko‘rinish olgandi: Isroil, Chexiya, Germaniya, Italiya va Qozog‘iston. Bu yili top-5'da Yevropa mamlakatlaridan faqat Germaniyagina qolgan.

Mavzuga oid
11:06
NATO yetmadi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga ham qarshi (mi)?
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
17:56 / 04.04.2026
Rossiyada naqdsiz to‘lovlarda ommaviy uzilish kuzatildi. Bu VPN'larni bloklashga urinish bilan bog‘lanmoqda
09:50 / 04.04.2026