Jahon | 00:54 / 14.10.2017
27588
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada yirik terakt sodir etildi, qurbonlar ko‘p

Foto: syria.liveuamap.com

Suriyaning Daur-az-Zor va Xasaka viloyatlari chegarasida yirik terakt sodir etildi. Hudkush terrorchilar qochqinlar orasida minalashtirilgan avtomobillarni portlatgan. Terakt uning qurbonlari ayollar, bolalar va keksalar bo‘lishini hisobga olib uyushtirilgan. Ushbu portlashlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Terakt oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni kamida 180 nafarni tashkil qilmoqda. 

Terakt taxminan kechki soat 20.00larda Xasaka shahridan 85 km uzoqlikda joylashgan qochqinlar uchun mo‘ljallangan eng yirik lagerda sodir etildi. Ikkita pikap kichik vaqt intervali bilan yuzlab qochqinlardan iborat navbat yaqiniga kelib, portlatilgan.

Uchinchi bombani esa yana bir terrorchi odamlar portlashdan keyin sal o‘zlariga kelib, yaradorlarga yordam ko‘rsatayotganlarida portlatgan. 

Xasakadagi ikkita shifoxona yaradorlar ko‘pligidan ularning barchasini qabul qila olmagan. Yaradorlarning bir qismi Qamishlidagi shifoxonaga olib borilgan. Shifoxonaga birinchi bo‘lib bolalar, ular ortidan kattalar yetkazilgan. Shifoxonaga barcha jarrohlar va reanimatologlar chaqirtirilgan.

"IShID terrorchilari deb biz Madayay shahridan bu yerga – lagerga qochib kelgandik. Biz bu yerda ozgina o‘zimizga kelgandik, bu yer tinch edi. Biroq ular bu yerda ham bizni topishdi. Ular bizni uch yil mazah qilishgandi. Ularga o‘xshashga majbur qilishgan. Endi bo‘lsa o‘ldirdilar", deb aytmoqda qochqinlardan biri.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid