Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda avtomobillarda ma'lum turdagi gaz ballonlaridan foydalanish taqiqlanadi
O‘zbekistonda 2018 yil 1 fevraldan boshlab STG-2, STG-3 va STG-4 turidagi gaz ballonli uskunalar o‘rnatilgan avtomobillardan foydalanish taqiqlanadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 11 oktabrdagi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, zavod uskunalari buzilgan STG-1 ballonli transport vositalarni boshqarish taqiqlanadi. Yangi qoidalarda Samarqandning JV MAN Auto-Uzbekistan zavodida ishlab chiqariluvchi, STG-3 gaz ballonlaridan foydalanuvchi MAN A 22 CNG avtobuslari yagona istisnoga aylanadi.
Keyingi yilning 1 fevralidan so‘ng, agarda inspektorlar yo‘llarda STG-2, STG-3 va STG-4 gaz ballon uskunalari, shuningdek, zavod uskunalari buzilgan STG-1 ballonlariga ega avtomobillarni aniqlasalar, ularning egalariga foydalanilishi taqiqlangan transport vositalarini boshqarganligi uchun javobgarlik qo‘llaniladi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, foydalanilishi taqiqlangan transport vositalarini boshqarish EKIHning 5 barobari miqdoridagi jarima solinishiga sabab bo‘ladi (748 875 so‘m).
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
13:11 / 07.03.2026