Jahon | 14:55 / 15.10.2017
16207
1 daqiqa o‘qiladi

Somalida uch kunlik motam e'lon qilindi

Somali poytaxti Mogadishodagi portlash natijasida halok bo‘lgan kishilar soni 85 nafarga yetdi. Bu haqida Al Jazeera telekanali shahar tez yordam xizmati xabariga asoslanib xabar berdi

Shuningdek jabrlanganlar soni ham 250 kishiga yetgan. 

Respublika prezidenti Muhammad Abdulloh Muhammad mamlakatda uch kunlik motam haqida e'lon qildi. 

"Jipslashish va birgalikda duo qilish vaqti keldi. Terrorizm g‘alaba qilmaydi", - dedi u.

Bundan avval Somalidagi portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 40 kishini tashkil qilgani haqida xabar berilgan edi

14 oktabr kuni Mogadishoning serqatnov ko‘chalaridan birida portlovchi qurilma o‘rnatilgan yuk mashinasi portlagan.

Mavzuga oid