Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fortifikatsiya qilingan un realizatsiyasidan olingan mablag‘lar nimaga sarflanadi?
Un tortish korxonalarining fortifikatsiya qilingan un realizatsiyasidan olgan mablag‘larining bir qismini jamlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2017 yil 10 oktabr) o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Endilikda fortifikatsiya qilingan un realizatsiyasidan olingan summaning 0,49%i o‘tkaziladigan 22604 maxsus hisobvarag‘ini Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosi tasarruf etadi.
Aniqlashtirilishicha, ushbu mablag‘lar qat'iy fortifikantlar (mikronutriyentlar), bug‘doy unini boyitish uchun zarur bo‘lgan boshqa tovarlar xarid qilishga, shuningdek Oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish dasturini amalga oshirish guruhini saqlashga ishlatiladi (mikronutriyentlarni xarid qilish uchun jamlanayotgan mablag‘larning 5%idan ko‘p bo‘lmagan miqdorda).
Aylanma mablag‘larni, korxonalarga beriladigan fortifikantlar qiymatini (narxini) shakllantirish, shuningdek korxonalar bilan hamkorlik tasdiqlangan tartibga asosan amalga oshiriladi.
Hujjat 11.10.2017 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026