Jahon | 15:26 / 17.10.2017
27031
1 daqiqa o‘qiladi

Yoshi 2000 yil bo‘lgan mumiyo topildi

Foto: Yonhapnews

G‘arbiy Mo‘g‘ulistonda Janubiy Koreya arxeologlaridan iborat jamoa Xitoy kiyimida bo‘lgan mumiyoni topdi, deb xabar bermoqda Gogo mahalliy portali Mo‘g‘uliston davlat tahlil markaziga asosan.

Topilmaning yoshi 2000 yil deb baholanmoqda. Bo‘yi taxminan 156-170 sm. bo‘lgan erkakka tegishli mumiyo Oltoy tog‘laridagi Shivet nomli hududda olib borilgan birgalikdagi tadqiqot ishlari davomida topildi.

Mumiyoda bo‘lgan va hozirgi vaqtda Mo‘g‘ulistondagi Arxeologik tadqiqot markazida saqlanayotgan kiyimni kelgusida tadqiq qilish uchun Janubiy Koreyaga jo‘natish rejalashtirilmoqda.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu kishi Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat qilgan yoki Mo‘g‘ulistonda yashagan xitoylik muhojir bo‘lishi mumkin. Mumiyo uchta qadimiy qabrdan birida topildi.

Mavzuga oid