Ğarbiy Möğulistonda Janubiy Koreya arxeologlaridan iborat jamoa Xitoy kiyimida bölgan mumiyoni topdi, deb xabar bermoqda Gogo mahalliy portali Möğuliston davlat tahlil markaziga asosan.
Topilmaning yoşi 2000 yil deb baholanmoqda. Böyi taxminan 156-170 sm. bölgan erkakka tegişli mumiyo Oltoy toğlaridagi Şivet nomli hududda olib borilgan birgalikdagi tadqiqot işlari davomida topildi.
Mumiyoda bölgan va hozirgi vaqtda Möğulistondagi Arxeologik tadqiqot markazida saqlanayotgan kiyimni kelgusida tadqiq qiliş uçun Janubiy Koreyaga jönatiş rejalaştirilmoqda.
Tadqiqotçilarning fikriga köra, bu kişi Buyuk Ipak yöli böylab sayohat qilgan yoki Möğulistonda yaşagan xitoylik muhojir bölişi mumkin. Mumiyo uçta qadimiy qabrdan birida topildi.












