Saakashvili Poroshenkoga maslahat berdi
Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Oliy rada devorlari yonidagi miting davomida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni iste'foga chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi.
«Agarda, kun oxiriga qadar bu insonlar xalq foydasi uchun hech qanday qaror qabul qilmaydigan bo‘lsa, biz keyingi talablarimiz haqida o‘ylab ko‘rishimiz lozim. Poroshenko bor ekan – taraqqiyot, korrupsiya bilan kurash bo‘lmaydi. Poroshenko bor ekan – qashshoqlik bo‘ladi! Poroshenko bor ekan – muhojirlik to‘xtamaydi!» - deya Saakashvilining so‘zlarini keltiradi «Ukrainskaya pravda» .
Shu bilan birga, uning ma'lum qilishicha, Poroshenko o‘z lavozimidan ketish haqida o‘ylab ko‘rishi lozim.
«Unda hali vaqt bor! Bu mening ultimatumim emas, bu mening maslahatim», - deya ma'lum qildi Saakashvili.
Mavzuga oid
11:45 / 06.10.2024
“Atirgul inqilobi”dan hibsxonagacha – Mixail Saakashvili kim edi?
12:21 / 14.08.2024
Gurjistonda sobiq prezident 2008 yilgi urushda ayblandi
22:38 / 06.08.2024
Gruziya parlamenti spikeri Saakashvili afv etilishi mumkinligini aytdi
08:00 / 24.05.2024