Jahon | 14:53 / 18.10.2017
17287
3 daqiqa o‘qiladi

BMT: Tojikiston aholisining 30 foizi yetarli oziq-ovqatga ega emas

Foto: RIA "Novosti"

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Butunjahon oziq-ovqat dasturi va Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkiloti Tojikistonning Nurek shahrida Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi.

«Migratsiya oqimlarining kelajagini o‘zgartiramiz. Oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq rivojiga sarmoya kiritamiz» shiori ostida o‘tkaziladigan tadbir qisqa teatr tomoshalari, pazandalik tanlovlari va maktab o‘quvchilari o‘rtasida surat chizish orqali oziq-ovqat xavfsizligi hamda qishloq tumanlari rivoji o‘rtasidagi bog‘liqlikni alohida ta'kidlab o‘tdi. 

«Migrantlar o‘z davlatlari va oila a'zolari manfaati yo‘lida ishlab chiqarish, ishga joylashish imkoniyatlari, bozorlar, bilimlar hamda moliyaviy xizmatlardan foydalanishni oshirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hissa qo‘shishlari mumkin», - deya ta'kidlab o‘tdi BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining Tojikistondagi vakili Viorel Gutsu.

«Butunjahon oziq-ovqat kuni bizga shuni eslatadiki, turli davlatlarda oziq-ovqat juda ko‘p miqdorda bo‘lgani holda, ko‘plar uchun undan foydalanish hamon doimiy kurash sanaladi. Oziq-ovqat xavfsizligining yo‘qligi daromad olish uchun imkoniyatlar qidirish maqsadidagi migratsiya uchun ko‘p holatlarda asos bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi BMT Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotining Tojikistondagi missiyasi rahbari Dragan Aleksoski.

Hisobot global, mintaqaviy va milliy darajalardagi ma'lumotlarga ega. Unda ta'kidlanishicha, mojarolar, tabiiy ofatlar hamda iqtisodiy beqarorliklar global ocharchilikning o‘sishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardir.

Tojikistonda 2004 va 2016 yillar oralig‘ida yetarli darajada oziq-ovqati bo‘lmagan insonlar 41,5% dan 30,1% gacha kamaygan, ammo qamrab olingan shaxslar soni unchalik katta miqdorda qisqarmadi - 2,8 dan 2,6 mln. kishigacha.

«Tojikistonga yetarli darajada oziq-ovqat iste'mol qilmaslik har yili 41 million dollarga tushadi», - deya aytib o‘tdi BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturining Tojikistondagi direktori Paolo Mattey. «Shu bois, bolalarning ovqatlanishiga sog‘lom va o‘qimishliroq avlod hamda, farovon kelajak uchun sarmoya kiritish juda muhimdir».

Mavzuga oid