Jamiyat | 13:10 / 18.10.2017
50544
2 daqiqa o‘qiladi

Piyodalar o‘tish yo‘lagida harakatlangan haydovchiga jarima bormi?

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi yo‘l harakati qoidalarining 72 bandiga muvofiq transport vositalari ajratilgan bo‘lak va yo‘l yoqasi, trotuar va piyodalar yo‘lagida harakatlanishi taqiqlanadi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi inspektori mayyor Alisher Abduqodirov “Pravda Vostoka” nashriga aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan transport vositasi haydovchilari piyodalar yo‘lagida harakatlangani uchun eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima to‘laydi. 

Ushbu qoidabuzarlikni ma'muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng bir yil mobaynida sodir etsa, eng kam ish haqining 1 barobaridan 4 barobarigacha jarima yoki transport vositasidan foydalanish huquqidan 6 oy muddatga mahrum etish choralari ko‘riladi. 

Ta'kidlanishicha, piyoda qoidabuzarlik yuzasidan yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga murojaat qilishi mumkin. Bunda uning tasdiqlovchi foto yoki video tasviri, shuningdek, guvohlari bo‘lishi talab etiladi.

Mavzuga oid