O‘zbekiston | 22:21 / 18.10.2017
3595
1 daqiqa o‘qiladi

ShHTga a'zo mamlakatlarning adliya vazirlari Toshkentda uchrashishadi

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a'zo mamlakatlar  adliya vazirlarining Beshinchi Yig‘ilishi 20 oktabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Yig‘ilish faoliyatida Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari ishtirok etishadi. 

O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ishtirokchilar ShHT doirasidagi har tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishadi. 

ShHTga a'zo mamlakatlarning adliya vazirlari uchrashuv yakunlariga muvofiq Qo‘shma bayonot qabul qilishadi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid