Jamiyat | 14:30 / 19.10.2017
11173
1 daqiqa o‘qiladi

Yakkasaroy tumanida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi

Yakkasaroy tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yakkasaroy tumanida 17 oktabr kuni soat 16.30 da, 1979 yilda tug‘ilgan, Boshliq dahasi 32-uyda yashovchi D.G. 150.000 so‘m pul evaziga, o‘z uyida, 1986 yilda tug‘ilgan, Yunusobod tumani, Bog‘iston 1-tor ko‘chasida yashovchi R.O. va 1989 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida yashovchi X.S.larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ushlandi.

Daliliy ashyo sifatida 150.000 so‘m olindi.

Mazkur holat bo‘yicha Yakkasaroy tuman IIB tomonidan fuqaro D.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid