Fan-texnika | 21:15 / 19.10.2017
10655
2 daqiqa o‘qiladi

iOS 11'da jiddiy kamchilik aniqlandi

iDeviceHelp nomi ostidagi videobloger o‘zining YouTube-kanalida iOS 11 va 11.1 beta-versiyasining jiddiy kamchiligi haqida so‘zlab berdi. Uning ta'kidlashicha, ushbu kamchilik yordamida smartfon blok tizimini chetlab o‘tib, undagi suratlarni tomosha qilish mumkin bo‘ladi. 

Videoda u faqatgina "o‘lja"ning telefon raqamini bilib, uning fotogalereyasiga kirish imkoniga ega bo‘lish yo‘lini ko‘rsatadi. Biroq buning uchun qo‘ng‘iroqlarga javob berish va Siri'ni chaqirish uchun iPhone qo‘lda bo‘lishi kerak.  

1. iPhone'ga qo‘ng‘iroq qilish zarur;

2. "Xabarlar", undan keyin esa "Boshqalar" variantini tanlash;

3. Istagan uch emodzini kiritish;

4. Siri'dan biror ilovani ochishni so‘rash. Video muallifi "Sozlamalar"ni tanladi;

5. Siri telefonni blokdan yechishni talab qiladi. Shu payt ekranni aksincha yoqish tugmasi bilan bloklash kerak, keyin esa yana bir marta unga qo‘ng‘iroq qilish lozim;

6. Javobni tanlashda xabarga ilova qo‘shish imkoni paydo bo‘ladi. Masalan, galereyadan olingan suratni qo‘shish mumkin. 

Foto:tjournal.ru

TJ tekshiruvi shuni ko‘rsatdiki, amalga oshirilgan operatsiyadan keyin iPhone'ni bloklab, keyin yana qo‘ng‘iroq qilinsa, ekranda darhol  suratlar paydo bo‘ladi. 

Foto:tjournal.ru

Mavzuga oid