O‘zbekiston | 10:30 / 19.10.2017
12585
2 daqiqa o‘qiladi

Koreyalik mutaxassislar Toshkent aeroportini yaxshilashga yordam beradi 

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi «Inchxon» (Koreya) Xalqaro aeroporti korporatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda «Toshkent-4» yo‘lovchi terminalini loyihalashtirish va «Toshkent-2» terminalidan foydalanishni optimallashtirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Koreya tomoni I.Karimov nomidagi poytaxt aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha maslahatchi sifatida taklif qilindi.

Koreyalik mutaxassislar loyihalashtirilayotgan «Toshkent-4» terminali o‘lchamlarini hisoblash metodologiyasi va loyiha bo‘yicha kapital mablag‘lar kiritish, shuningdek, «Toshkent-2» terminalidagi qulaylik va taqdim etilayotgan servisni oshirish, hamda uning o‘tkazish imkoniyatini rejalashtirish qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yo‘li orqali ko‘paytirish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etishdi.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroporti bugungi kunda MDH davlatlaridan Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va Amerikaga boruvchi havo yo‘llari kesishmasida joylashgani tufayli qulay geografik o‘rinni egallaydi. Aeroport deyarli dunyoning deyarli barcha yirik shaharlari bilan havo yo‘nalishlari orqali bog‘langan. Aerodrom o‘z ichiga ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagi va IKAO ikkinchi toifasini qamrab oladi, u barcha turdagi havo kemalarini qabul qilish imkonini beradi. «Toshkent-2» terminalining o‘tkazish imkoniyati – soatiga 1 ming yo‘lovchidan ortiq. Har yil uning xizmatlaridan 2,5 milliondan ortiq yo‘lovchi foydalanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid