121 mln. so‘mga chuv tushirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Urganch shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan A.D. firibgarlikda ustasi farang bo‘lib chiqdi. U 2014 yilning avgust oyida, “Tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchiman, foydadan pulingizga ustama berib boraman” deb, Urganch shahrida yashovchi tanishi, 1971 yilda tug‘ilgan Q.Malikaning ishonchiga kirib, uning 121 800 000 so‘m pullarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB xabar bermoqda.
Oradan 3 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsada, foydadan ulush u yoqda tursin, o‘zining bergan pulini qaytarib ola bilmagan Malika firibgarning tuzog‘iga tushganligini bilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildi.
Olib borilgan surishtiruv ishlaridan keyin, firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
15:37 / 07.11.2024
Xorazmda kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
13:42 / 28.09.2024
Urganchda O‘zbekiston – Polsha biznes-forumi o‘tkazildi
13:30 / 17.09.2024