Jamiyat | 09:00 / 20.10.2017
9248
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada so‘nggi avtomobil zavodi yopildi

Avstraliyada avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha eng so‘nggi zavod yopildi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Adelaidada juma, 20 oktabr kuni General Motors’ning bo‘linmasi bo‘lgan Holden kompaniyasining so‘nggi zavodi yopildi. Eng oxirgi ishlab chiqarilgan avtomobilga esa Commodore qizil sedani aylandi.

Ta'kidlanishicha, zavodning yopilishi tufayli 900 dan ortiq kishi ishsiz qoldi.

Uch avtomobil konserni - Holden, Ford va Toyota – ilk bor zavodlar yopilishi haqida 2013 yilda ma'lum qilishgandi. Bu avtomobillar ishlab chiqarishda xarajatlar ko‘payib ketgani bilan bog‘liq bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid