Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madagaskarda o‘latdan vafot etganlar soni 100 nafarga yaqinlashdi
Madagaskar orolida o‘pka o‘lati epidemiyasi avj olmoqda. Bu kasallikdan 94 kishi vafot etdi, hammasi bo‘lib 11153 kishi kasallangani qayd qilingan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bergan.
JSST Madagaskarga 5 ming kishining davolanishiga yetadigan antibiotiklar, 100 mingga yaqin kishi uchun profilaktik dori vositalari va individual himoya vositalaridan 150 ming komplekt jo‘natgan. 2 mingga yaqin tibbiy xodim o‘lat bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlar ortidan kuzatmoqda.
Ta'kidlanishicha, kasallik Madagaskardan tashqariga ham tarqalgan bo‘lishi mumkin.
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, 2010 yildan 2015 yilgacha orolda o‘latdan 584 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
12:59 / 18.10.2025
Madagaskarda polkovnik davlat to‘ntarishidan so‘ng prezident bo‘ldi
21:39 / 14.10.2025
Madagaskarda prezident ag‘darildi. U mamlakatdan qochib ketdi
20:23 / 12.10.2025
Madagaskarda harbiy to‘ntarishga urinish amalga oshirildi
22:06 / 26.08.2025