Jahon | 17:52 / 21.10.2017
9294
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada eng yirik chuchuk suvli akvarium ochildi 

Foto: Aquatis Aquarium-Vivarium

Shveytsariyaning Lozanna shahrida Yevropadagi eng yirik chuchuk suvli akvarium ochildi.

Unda besh qit'adan olib kelingan 10 mingga yaqin baliq bor. Akvarium ikki million litr chuchuk suviga ega.

Akvarium o‘simlik dunyosi 20 xil ekotizimning 300 turidan iborat. Bundan tashqari, akvariumda ham yerda, ham suvda yashash imkoniga ega 100 turdagi hayvonlar yashaydi.

Foto: Aquatis Aquarium-Vivarium

Akvarium ko‘rgazma zallari maydoni 3,5 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Yevropadagi eng yirik majmuaga har kuni mingga yaqin kishi tashrif buyurishi kutilmoqda.

Akvariumda Janubiy Amerika piranyalari va AQSh hamda Yevropa suv faunasi vakillari ham yashaydi.

Foto: Aquatis Aquarium-Vivarium

Kirish narxi 29 Shveytsariya frankidir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid