Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barselonada yirik xalq namoyishi boshlandi
Barselonada 450 mingga yaqin namoyishchilar o‘z noroziligini bildirish uchun ko‘chalarga chiqmoqda, deb xabar beradi shahar politsiya mahkamasi Twitter'dagi rasmiy sahifasida.
Namoyishchilarning asosiy talaba “Kataloniya Milliy assambleyasi” va Omnium Cultura tashkilotlarining faollari Jordi Sanches va Jordi Kuisharning ozod etilishidir. Tadbirda Kataloniya ma'muriyatidan bir nechta rasmiy vakillar ham faollik ko‘rsatdi. Shular qatori, Barselona meri Ada Kolauning fikricha, Madrid qaroridan norozi bo‘lgan har qanday erkin fuqaro ko‘chaga chiqib, o‘z xohishini bildirishi mumkin.
“Bizni birlashtirib, himoya qilib turgan narsa: huquq, ozodlik va katalon avtonomiyasi”, deydi u.
Shuningdek, xalq mitingida Katalon Yevropa demokratik partiyasi bosh koordinatori Marta Paskal ham nutq so‘zladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya hukumatining katalonlar xohish-irodasiga qarshi chiqishi - uyat va jaholatdan boshqa narsa emas.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Bosh vaziri Mariana Rahoy Senat a'zolaridan Kataloniya ma'muriyatini bekor qilishni so‘rab talabnoma yuborgan.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026