Jahon | 19:03 / 22.10.2017
9006
2 daqiqa o‘qiladi

Kataloniya hukumati avtonomiya saylovlarini o‘tkazmaydi

Foto: RIA Novosti / Xaver Luengo

Kataloniya hukumati avtonomiyaning saylovlar o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmayapti. Jyeneralitet rasmiy vakili Jordi Turul RAC1 radiostansiyasiga bergan intervyusida shu haqida ma'lum qildi. 

Shanba kuni Ispaniya hukumati favqulodda yig‘ilishda Kataloniya muammosini hal qilish uchun Konstitutsiyaning 155-moddasini qo‘llashga qaror qildi. Kabinet jyeneralitet xodimlarini o‘z lavozimidan chetlatishni va olti oy ichida mintaqaviy parlamentga muddatidan avvalgi saylovlarni o‘tkazish haqida e'lon qilishni taklif qilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, unga qadar Kataloniya hukumati funksiyalarini Madrid vakillari ijro etishadi. Bu choralar Ispaniya senati tomonidan tasdiqlanishi kerak, yig‘ilish 27 oktabrda o‘tkazilishi kutilmoqda. 

Jyeneralitet rahbari Karles Puchmedon Madridning  qarorini Katoloniyani "kamsitish" va demokratiyaga hujum deb atadi, shuningdek qirolni ushbu agressiv qarorlarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi va keyingi qadamlar muhokamasi uchun Kataloniya parlamenti yig‘ilishini o‘tkazadi.

Turulning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya vazirlar mahkamasi qaroridan so‘ng Kataloniya bunga javob qaytarishi muqarrar. Avtonomiyada ushbu qadam mintaqaning mustaqil boshqaruvini cheklash sifatida baholandi, Madrid esa buni mutlaqo inkor etmoqda. 

"Biz qo‘l qovushtirib o‘tirmaymiz... Bu qarorlar haftasi bo‘ladi, biror ssenariyimizda hech nima qilmaslik yo‘q", - dedi Turul.

Mavzuga oid