Jahon | 07:33 / 23.10.2017
11155
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: AQSh Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyatning istalgan rivojiga tayyor

Foto: twitter.com/POTUS

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Shimoliy Koreya bilan bog‘liq vaziyatning istalgan rivojiga tayyor, deb aytdi.

"Biz barchasiga tayyormiz. Biz shunchalik tayyormizki, siz bunga ishona olmaysiz. Biz kerak bo‘lsa, shunchalik tayyormizki, siz bundan karaxt holga tushasiz", deb aytgan Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

"Buni qilmaslik yaxshi bo‘ladimi? Ha. Bu yuz beradimi? Kim bilsin", deb qo‘shimcha qilgan Tramp ehtimol Pxenyanga qarshi harbiy variant qo‘llanishi mumkinligini nazarda tutib.

Pxenyan va Vashington o‘rtasidagi qarama-qarshilik AQSh va Janubiy Koreya urush vaziyatida Shimoliy Koreyaga zarba berishni mashq qilish bo‘yicha o‘tkazgan harbiy mashg‘ulotlardan keyin kuchaygan. Shimoliy Koreya AQSh tahdididan xavfsirab, yadroviy va raketa salohiyatini oshirmoqda.

Mavzuga oid