12:20 / 24.10.2017
6880

AQSh Myanmaga qarshi sanksiyalar qo‘llamoqchi

Foto: Reuters

AQSh Myanma hukumatiga Rakxayn shtatidagi vaziyat tufayli inson huquqlari buzilgani uchun sanksiyalar qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, deya ma'lum qilishdi mamlakat Davlat departamentidan.

«Biz AQSh qonunchiligiga muvofiq bo‘lgan javobgarlikka tortish mexanizmlari, jumladan «Global Magnitskiy» aniq yo‘naltirilgan sanksiyalar qonunini o‘rganyapmiz», - deyiladi idora bayonotida.

Davlat departamentidan eslatishlaricha, AQSh Myanma bilan harbiy-texnik hamkorlik dasturini to‘xtatib qo‘ygan.

«Myanma hukumati, jumladan, uning qurolli kuchlari tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishi; ehtiyoji bor jamoalarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishi; Rakxayn shtatidan qochgan yoki boshqa joyga majburiy ko‘chirilganlarni xavfsiz hamda ixtiyoriy ravishda qaytarishga ko‘maklashishi; hamda rohingyalarga nisbatan tizimli kamsitishning asosiy sabablarini bartaraf etishi lozim... Biz bu sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», - deya ta'kidlashgan Davlat departamentidan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yili Kongress tomonidan qabul qilingan «Global Magnitskiy» qonuni AQSh ijro hokimiyatiga inson huquqlarining buzilishiga aloqador bo‘lgan xorijiy shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritish imkonini beradi. 

Mavzuga oid
Top