Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr Iroq va Suriyadagi jangarilar kirib kelishidan xavfsiramoqda
Qohira Suriya va Iroqdagi terrorchilarga qarshi muvaffaqiyatli harakatlar tufayli jangarilar qo‘shni Liviya hududiga kirishga harakat qilishi, u yerdan esa Misrga ham kirib kelishi mumkinligidan xavfsiramoqda, deya ma'lum qildi Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy.
«Bizning fikrcha, Suriya va Iroqdagi muvaffaqiyatlar qator jangarilarni Liviyaga, u yerdan esa Misrga, Sinay yarim oroliga, shuningdek, Sharqiy Afrikaga kirib kelishiga zamin yaratadi», - deya aytib o‘tdi Misr prezidenti France 24 telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jangarilarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, ularga moddiy yordam va beriladigan qurollarni yo‘qotish uchun qo‘shma sa'y-harakatlar zarur.
Misr prezidentining ta'kidlashicha, Qohira notinch Liviya bilan chegarani qo‘riqlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. Biroq uning uzunligi (1,2 ming km.) to‘liq nazorat qilish haqida gapirishga imkon bermaydi. «So‘nggi uch yil ichida biz 1,2 mingdan ziyod qurollarga ega avtomobillar hamda u yerda bo‘lgan jangarilarni yo‘q qildik», - deya ma'lum qildi as-Sisiy.
Misr rahbari, Fransiya telekanalining iltimosi bilan, Qohira janubi-g‘arbidagi cho‘l hududida huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan amalga oshirilgan yirik hujumga izoh berdi.
O‘tgan juma kuni xavfsizlik kuchlari, jinoiy tergov va maxsus topshiriqli kuchlar vakillari tomonidan al-Vaxat cho‘l tumanida yashirinayotgan terrorchilik bo‘linmasini bartaraf etish bo‘yicha amaliyot o‘tkazildi. Ushbu jangarilar teraktlarga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlangan. Biroq, jangarilar lageriga yo‘l olishda politsiyachilar kolonnasi hujumga uchradi, bunda minomyotlar, granata otadigan va o‘qotar qurollardan foydalanildi.
IIV terrorchilar bilan jangda 16 nafar politsiyachi halok bo‘lgani, 13 nafari jabrlangani va 15 jangari yo‘q qilingani haqida rasman ma'lum qildi. Politsiyaning bir zobiti haligacha qidirilmoqda.
Mavzuga oid
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026