08:27 / 24.10.2017
13383

Sobiq ittifoq vaqtidagi sun'iy yo‘ldosh Zimbabve ustida parchalanib ketdi

Foto: pixabay.com

Orbitadan og‘ishib, Yer tomon yo‘l olgan, Sobiq ittifoq vaqtida uchirilgan "Molniya-1-44" sun'iy yo‘ldoshi Zimbabve hududi ustida parchalanib, yo‘q bo‘lib ketdi. Bu haqda AQShning koinot qurilmalari parvozlarini kuzatuvchi onlayn-xizmati ma'lum qildi.

Avvalroq Rossiyaning kosmonavtika akademiyasi akademigi Aleksandr Jyeleznyakov sun'iy yo‘ldoshning faqatgina 500 grammgacha keladigan mayda bo‘laklari Yergacha yetib kelishi mumkinligini aytgandi. Uning ta'kidlashicha, yiliga 50 ga yaqin sun'iy yo‘ldosh orbitadan chiqib ketadi.

Dastlab "Molniya-1+" negizidagi sun'iy yo‘ldosh tizimi Sobiq ittifoq hududida telefon-telegraf aloqasini ta'minlash hamda markaziy televideniyening dasturlarini uzatish uchun qo‘llangan.  

1965-1967 yillarda bu sun'iy yo‘ldoshlar negizida aloqa va "Korund" jangovar boshqaruv tizimini yaratishga qaror qilingan. Tizim qurollanishga 1975 yilda olingan, undagi sun'iy yo‘ldoshlar soni 4 tadan 8 tagacha oshirilgan.

Mavzuga oid
Top