Tyuner orasiga yashirilgan telefonlar
«Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Birlashgan Arab Amirliklaridan uchib kelgan fuqarolar Mahmud va Botir Usmonovlar (maqoladagi ism-shariflar o‘zgartirilgan) tomonidan ko‘p miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy ravishda olib kirilishiga chek qo‘yishdi. Bu haqda “Toshkent-Aero” IBK axborot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, Maxmud Usmonov yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma'lum qilmasdan turib, noutbuk, televizor, proyektr, Playstation o‘yin qurilmasi, tyuner, planshet, elektron qo‘l soati, smarfton kabi jami 21 dona texnika buyumlarini bojxona nazoratidan chetlab, olib kirishga uringan ekan.
Bundan tashqari ushbu tovarlar orasidagi 2 dona tyunerlarni ko‘zdan kechirish davomida, ularning ichiga 5 turdagi 44 dona smartfonlar mohirlik bilan yashirilganligi fosh bo‘ldi.
Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil tariqasida olingan yuqoridagi tovar-moddiy boyliklarning umumiy bahosi 233 million so‘mdan oshar ekan.
Ayni shu reys bilan uchib kelgan Botir Usmonov ham qing‘ir rejalarini amalga oshirolmadi. Ushbu yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma'lum qilmasdan turib, tyuner, planshet, zamonaviy qo‘l soati, proyektr va noutbuklardan iborat jami 17 ta texnika buyumlarini noqonuniy ravishda oilb kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.
Qarang-ki, ushbu shaxs ham bojxonachilarni chalg‘itish maqsadida yuqoridagi kabi nayrangni qo‘lladi. Ya'ni, 2 dona tyunerlar orasiga 2 turdagi 15 dona uyali aloqa vositalarini mohirlik bilan yashirgan ekan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu shaxsdan olib qo‘yilgan tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati esa 120 mln. so‘mdan ortiqni tashkil qildi.
Mazkur holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublika Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandiga muvofiq jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Unga ko‘ra, juda ko‘p miqdordagi tovar yoki boshqa qimmatliklarni bojxona nazoratidan yashirib yoxud deklaratsiyasiz O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid
21:02 / 22.10.2024
Avstraliyada tushib ketgan telefonini olishga uringan ayol 7 soat tosh orasida qolib ketdi
09:24 / 27.09.2024
O‘tgan 8 oyda O‘zbekistonga kuniga 10 ming donadan oshiq telefon olib kirilgani ma’lum qilindi
12:14 / 26.09.2024
iPhone 16'dagi o‘zgarishlar va “pont” uchun 3 karra to‘lov - Apple kutilmalarni oqlayaptimi?
14:46 / 31.08.2024