17:10 / 25.10.2017
8163

Kollej o‘quvchilari o‘rtasida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi 

Toshkentning Shayxontohur tumani Beltepa mavzesida joylashgan "Shayxontohur transport kasb-hunar kolleji"da o‘quvchilar o‘rtasida yong‘in xavfsizligiga oid viktorina o‘tkazildi.

Shuningdek, 14-, 16- hamda 21-guruhlar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilib, 21-guruh o‘quvchilari 1-o‘rinni egallashdi. 14-guruh o‘quvchilari 2-o‘rindan joy olishgan bo‘lsa, 16-guruh o‘quvchilari 3-pog‘onani band etishdi.

O‘rin olgan guruh o‘quvchilari faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Top