Jahon | 12:40 / 25.10.2017
4664
2 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin: Xitoyda o‘ziga to‘q jamiyat 2020 yilgacha shakllanadi

Foto: AFP

Xitoyda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan – o‘rta farovon jamiyatni yaratish 2020 yilga kelib to‘liq yakunlanadi. Bu haqda XXR raisi Si Tszinpin Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining (XKP MQ) 19-qurultoyi 1-plenumi yakunlari bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

«2020 yilga borib, Xitoyda o‘rta farovon jamiyat to‘liq shakllanadi, - deya ta'kidlab o‘tdi davlat rahbari. - Ochiqlik va islohotlar siyosatini olib borish – XXR taqdirini hal qiluvchi eng muhim omillardan biri. O‘tgan yillar davomida mamlakatimizning aholisi asta-sekin boyidi, uning hayoti o‘rta farovon darajaga yetdi».

Uning ta'kidlashicha, Xitoyda keng qamrovli islohotlar boshlanganiga 2018 yilda aynan 40 yil to‘ladi. Yaqinda Xitoy hukumati dastlabki xulosalarni chiqarish va barcha tajribani hisobga olish, XXR iqtisodiy tizimi modernizatsiyasining yangi bosqichiga kirishish niyatida.

«Biz Xitoyning tashqi dunyoga nisbatan ochiqligini kuchaytirish va islohotlarni barcha tomonlama faollashtirish bo‘yicha yanada ko‘proq sa'y-harakatlarni ko‘ramiz», - deya xulosa qilgan Xitoy yetakchisi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid