Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholiga neyroxirurgiya yordamini ko‘rsatish rivojlantiriladi va yaxshilanadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi №867-sonli qarori qabul qilindi.
Respublika aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishni yanada rivojlantirish va yaxshilash maqsadida qabul qilingan qarorga ko‘ra zamonaviy yuqori texnologik davolash-diagnostika uskunalari bo‘limlari va operatsiya bloklari qurish yo‘li bilan ilg‘or jahon yutuqlari darajasida neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi, ularni davolash va profilaktikasining eng samarali va yuqori texnologik usullaridan respublika aholisining foydalanishi va ehtiyojini ta'minlash va boshqa bir qator ishlar amalga oshiriladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi respublika aholisiga neyroxirurgiya yordami ko‘rsatish bo‘yicha bosh tibbiyot tashkiloti hisoblanadi. Qarorda Markazning asosiy vazifalari sanab o‘tilgan.
Qarorda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlangan.
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
15:20 / 29.12.2025
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
22:57 / 23.12.2025