Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida 150 dan ortiq mashina to‘planib qoldi
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi Baurjan Konusbayev nomidagi nazorat-o‘tkazish punktida 150 dan ziyod Qozog‘iston avtotransport vositalari to‘planib qoldi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz Qozog‘iston Investitsiyalar va rivojlanish vazirligi rasmiy vakili Murat Jumanboyga asosan.
Xabar qilinishicha, bunga asosiy sabab - O‘zbekiston Respublikasi yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalari sonining sezilarli darajada oshishidir.
«Xitoydan O‘zbekistonga yuklar olib kelayotgan ushbu avtotransport vositalarining qariyb 40 tasida uchinchi davlatlardan chiqish/kirish uchun ruxsatnoma beruvchi o‘zbek blankalari yo‘q. Shu bilan birga, joriy yilda 1 200 dona blankalar almashish amalga oshirildi, ulardan 1 187 tasi Qozog‘iston tashuvchilariga berilgan, biroq faqatgina 498 tasidan foydalanildi. Hozirda Transport qo‘mitasi vakillari ushbu vaziyatning sabablarini aniqlashmoqda», - deya xabar berdi Murat Jumanboy.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025