Qozoğiston-Özbekiston çegarasidagi Baurjan Konusbayev nomidagi nazorat-ötkaziş punktida 150 dan ziyod Qozoğiston avtotransport vositalari töplanib qoldi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz Qozoğiston Investitsiyalar va rivojlaniş vazirligi rasmiy vakili Murat Jumanboyga asosan.

Xabar qilinişiça, bunga asosiy sabab - Özbekiston Respublikasi yönalişi böylab harakatlanayotgan transport vositalari sonining sezilarli darajada oşişidir.

«Xitoydan Özbekistonga yuklar olib kelayotgan uşbu avtotransport vositalarining qariyb 40 tasida uçinçi davlatlardan çiqiş/kiriş uçun ruxsatnoma beruvçi özbek blankalari yöq. Şu bilan birga, joriy yilda 1 200 dona blankalar almaşiş amalga oşirildi, ulardan 1 187 tasi Qozoğiston taşuvçilariga berilgan, biroq faqatgina 498 tasidan foydalanildi. Hozirda Transport qömitasi vakillari uşbu vaziyatning sabablarini aniqlaşmoqda», - deya xabar berdi Murat Jumanboy.