Jahon | 11:20 / 27.10.2017
4892
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat departamenti sanksiyalarni muvofiqlashtiruvchi lavozimini tugatdi

Foto: AP

AQSh Davlat departamenti sanksiyalarni muvofiqlashtiruvchi lavozimi tugatilishini tasdiqladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti idora vakiliga asosan.

"Ha, biz o‘tgan oyda kongressni qator maxsus elchilarga oid, shu jumladan sanksiyalar siyosati bo‘yicha maxsus muvofiqlashtiruvchi lavozimi tugatilishiga doir tegishli o‘zgartirishlar taklif etilganini xabardor qildik. Uning vakolatlari siyosiy rejalashtirish xodimlariga beriladi", - degan Davlat departamenti vakili.

Avvalroq, Foreign Policy jurnali davlat kotibi Reks Tillerson Davlat departamentida sanksiyalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi lavozimini tugatgani haqida xabar bergandi. Bu lavozimda elchi darajasidagi amaldor ishlagan. Davlat departamenti vakilining bayonotiga ko‘ra, bu "yangi ma'lumot emas".

Jurnal ma'lumotlariga ko‘ra, endi bu funksiyalarni siyosiy rejalashtirish bo‘yicha ofis rahbari o‘rinbosari Devid Tessler bajaradi.

Mavzuga oid