Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yangi qonunni imzoladi: dovullardan jabrlanganlarga 36,5 mlrd. dollar ajratiladi
AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni avval Kongressning har ikki palatasi tomonidan qabul qilingan, mamlakatning dovullar hamda o‘rmon yong‘inlaridan jabrlangan tumanlariga yordam ko‘rsatish uchun 36,5 mlrd. dollar ajratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.
Umumiy mablag‘dan 18,7 mlrd. favqulodda holatlar bo‘yicha Federal boshqarmaga mo‘ljallangan. U Texas, Florida va Puerto-Rikoga zarba bo‘lib tushgan dovullar oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanadi. Bu mablag‘lar aholiga imtiyozli kreditlar ajratish maqsadida ham foydalanilishi mumkin. Yana 16 mlrd. dollar boshpanasidan ayrilgan mahalliy aholiga sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari bilan kurash olib borayotgan o‘t o‘chirish xizmatlari byudjyetdan 576,5 mln. dollar oladi. Qolgan 1,27 mlrd. esa Puerto-Riko aholisiga oziq-ovqat xarid qilishga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026